Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Bobur – shoh va shoir!

2017 yil 15 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag’ishlab  “Bobur – shoh va shoir” nomli madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochib, buyuk o’zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qozongani, serjilo o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgani, uning nafis g’azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalaridan ekanligi to’g’risida ma’ruza qildi.  

1

Bobur haqida Samarqand davlat universiteti professori, adabiyotshunos Shavkat Hasanov va dosent, boburshunos olim Usmon Qobilovlar fikr bildirishib, uning adolatli hukmdor, mard va tadbirkor odam, san’atni, adabiyotni sevadigan, ko’p yaxshi fazilatlarga ega bo’lgan dilbar shaxs ekanligini ta’kidlashdilar.

3

Shundan so’ng roman-german tillari fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur havola etilib, unda Boburning yoshligi, uning Samarqand va hind zaminidagi hayotidan lavhalar hamda Boburning turli tillarga o’girilgan g’azal va ruboiylari va talabalar tomonidan kuy-qo’shiqlar maromiga yetkazib ijro etildi.

4

5

6

7

8

Tadbir so’ngida bayram tashkilotchilari va talabalarga institut rektori tomonidan minnatdorchilik bildirilib, ularga faxriy yorliqlar topshirildi.

9

10