Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika tadbirlari o’tkazildi

2017 yil 16 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan “Samarqand viloyati hududida o’tgan 2016 yilda qayd etilgan jinoyatchilik ahvoli, jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika qilish” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

1

Tadbirda SamDChTI rektori I.Tuxtasinov, viloyat prokurorining o’rinbosari D.Kasimov, viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i X.Mardiyevlar so’zga chiqishib, 2017 yil 9 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida ko’tarilgan muammolar yuzasidan ma’ruzalar qilishib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarni o’rganish, profilaktika maqsadida har bir jinoyat tafsilotlarini ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirokida chuqur tahlil qilish zarurligi, Prezidentimiz tomonidan haftaning har payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilingani, bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida va viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tishdi.

2

3

4

Uchrashuvda talabalar tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga viloyat prokurorining o’rinbosari D.Kasimov tomonidan tegishli javoblar berib o’tildi.

5

6

7

Shu kunnig o’zida viloyat IIB YPPX xodimlari bilan ingliz tili fakultetida hamda viloyat bojxona qo’mitasi bilan hamkorlikda roman-german tillari fakultetida ham uchrashuvlar tashkil etildi. 

8

9