Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Pedagogik amaliyot hisoboti o’tkazildi

2017 yil 20 fevral kuni roman-german tillari fakultetining barcha 4-kurs talabalari ishtirokida pedagogik amaliyotning yakuniga bag’ishlangan konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada kafedra mudirlari, pedamaliyot rahbarlari, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri hamda roman-german tillari fakultetining barcha yo’nalishdagi talabalari ishtirok etishdi.

Konferensiyada fakultet dekani A.Shermatov so’zga chiqib, talabalarga pedagogik amaliyotning o’tkazilganligi, o’tkazilgan pedamaliyotning yutuq va yuzaga chiqqan kamchiliklar xususuda, talabalar tomonidan pedamaliyot davrida yuritilgan hujjatlar sifatligiga hamda pedamaliyot talablarining qay yo'sinda bajarilganligi haqida to’xtalib o’tdi.

1

2

3

Talabalar pedagogik amaliyotning birinchi qismida passiv pedamaliyot o’tashib, amaliyot vaqtida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari va akademik liseylar bilan yaqindan tanishdilar, o’zlariga biriktirilgan o’qituvchining ish faoliyatini o’rgandilar va ular tomonidan aytilgan barcha ko’rsatmalarni amalga oshirdilar, o’zlariga  biriktirilgan  sinflarda o’qituvchilarning darslariga kirib, darslarni kuzatdilar.

O’qituvchilar  talabalarga kiyinish madaniyati, umumta’lim maktablari, akademik liseylar o’qituvchilari va o’quvchilari o’rtasida o’zini qanday tutishi, tartib – intizom haqida tushuntirish ishlarini olib borishdi hamda o’tiladigan dars plan konspektining tuzilishi, darsning tahlili haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

4

5

Pedagogik amaliyot natijalariga bag’ishlangan yakuniy konferensiyada barcha yo’nalishdagi amaliyotchi talabalar ishtirok etishib, amaliyot davrida o’tkazgan ochiq darslari, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash usullariga oid chiqishlar qilishdi. Konferensiya so’ngida talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alar berildi.