Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Talaba-yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish tadbiri bo’lib o’tdi

2017-yil 21-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti va Samarqand viloyat milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi hamkorligida talaba-yoshlar o’rtasida diniy ekstremizm, xavfsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish bo’yicha tadbir o’tkazildi.

1

2

3

Tadbirda Samarqand shahar Ruhobod masjidi bosh imom xatibi T.Amirov, Samarqand viloyat IIB bosh mutaxassisi B.Aminov, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi M.Burxonov hamda viloyat bojxona boshqarmasi bojxona tekshiruvlari va surishtiruv bo’limi boshlig’i L.Ziyodullayevlar ishtirok etishib, odam savdosi muammolari va unga qarshi kurashish yo’llari, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik fuqarolar hamjihatligining asosi, giyohvandlik balosi – umr kushandasi, yoshlar korrupsiyaga qarshi, yoshlar va qonun, xorijlik o’qituvchilar bilan talabalarning samimiy munosabatlari kabimavzularda ma’ruza qilishdi.

4

5

Tadbir davomida talabalar mavzu yuzasidan o’zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir so’ngida “Ko’ngildagi qora dog’lar” nomli hujjatli film namoyish etildi.

6

7

Tadbirnima’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.