Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Talabalarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo'yicha seminar-trening

2017 yil 22 fevral kuni institutda ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda “Fakultetlararo ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Oliy ta’lim muassasasi talabalarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga  jalb etish va ko’maklashish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

1

2

Seminar-treningda viloyat Markaziy banki bo’lim boshlig’i L.Ziyayev, bank bosh yurist maslahatchisi T.Qodirov, “Agrobank” viloyat bo’limi kredit bo’limi boshlig’i S.Mirzaxadjayev, viloyat Adliya boshqarmasi tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investisiyalarni huquqiy himoya qilish bo’limi boshlig’i J.Zohidovlar ishtirok etishib, oliy ta’lim muassalari talabalarini biznes loyihalar ishlab chiqish bo’yicha amaliy ko’nikmalarini xosil qilish, talabalarga O’zbekiston qonunchiligida belgilangan soliq, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya – kredit sohalarida berilgan imtiyoz va preferensiyalarni tushuntirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida talabalarga berilgan imtiyoz va rag’batlarni tushuntirish va amaliyotga tadbiq etish, biznes rejalarni turlarini tushintirish va talabalar ishlab chiqadigan biznes reja variantlarining metodologiyasini amaliyotda qo’llashni ko’rsatish, interfaol asosda muhokama etish va shu kabi masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi hamda talabalarning biznes reja tuzish va bank tizimi bilan bog’liq berilgan savollariga javoblar berishdi.

3

4

5

Seminar-treningni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.

6

7