Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi

2017-yil 24-fevral kuni tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Sog’lom turmush tarzi targ’iboti” haftaligi doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi.

1

Tadbirda viloyat IIB diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Aminov, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo’lim mudiri Z.Umurzoqovlar ishtirok etishib, yoshlarga giyohvandlikning zararli oqibatlari, u keltirib chiqaradigan kasalliklar, jamiyatga keltiradigan zararlari, unga qarshi kurashishning qonuniy asoslari, bu borada yoshlarning tutgan o’rni va shu kabi masalalar yuzasidan ma’ruzalar o’qishdi. Tadbirda giyohvandlikning salbiy oqibatlari to’g’risida hikoya qiluvchi “Umr zavoli” filmi namoyish etildi.

2

3

4

Tadbirnima’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi. 

5

6