Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Sog’ tanda - sog’lom aql

Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi 1-son akademik litsey  va institutimizning jismoniy madaniyat kafedrasi pedagog xodimlari hamkorlikda 2017 yil 24 fevral kuni litseyda “Sog’ tanda – sog’lom aql” shiori ostida sport musobaqalari uyushtirishdi. Ushbu tadbirda litsey o’quvchilari bilan bir qatorda institutning sportchi talabalari ham ishtirok etishdi.

SAM_0066

SAM_0078

         Tadbirni SamDCHTI AL va KHK bilan ishlash bo’yicha prorektori B. Primov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri H. Bo’riyev, kafedra dotsenti R, Ibragimov, o’qituvchi D. Alimjanova va litsey o’qituvchilari ham so’zga chiqishdi.  Litsey o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan mavzularda savollar berishdi.  

SAM_0081

         Shundan so’ng qiziqarli sport o’yinlari boshlandi. Litsey o’quvchilari va institut talabalari birgalikda komandalarga bo’linib, sportning yugurish, turnikka tortilish, tosh ko’tarish va boshqa turlari bo’yicha kuch sinashdi. Musobaqalar oxirida faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi.

SAM_0080  

Ushbu tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldidi va bundan keyin ham shunday tadbirlarni tashkil etib borishga kelishib olindi.

SAM_0082

SAM_0083