Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Mamlakatimizning yetakchi olimlari hamda akademiklari bilan uchrashuv o’tkazildi

2017 yil 25 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  2016 yil 30 dekabr kuni Respublikamizning yetakchi olimlari, ziyolilari va akademiklari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda bildirgan fikrlaridan kelib chiqib, Respublikamizning yetakchi olimlari, ziyolilari va akademiklari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

1

2

3

Uchrashuvga O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Akademigi Ahmadali Asqarov hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining professori Jamol Jalolovlar tashrif buyurishib, institut professor-o’qituvchilariga 2016 yil 30 dekabr kuni “O’zbekiston” forumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublikamizning yetakchi olimlari, ziyolilari va akademiklari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda bildirgan fikrlarining mazmun-mohiyati, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, fundamental yo’nalishlarni rivojlantirish, akademiklar maktabini yaratish, yetakchi olimlar salohiyati va tajribasidan samarali foydalanish, amalga oshirilgan islohotlar, qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlar, bugungi ta’limning sifati, ta’limni rivojlanib borayotgan zamonaviy dunyoning yangicha talablarga moslashtirish lozimligi, bu masalalar bugun hal qilinmasa, ertaga kech bo’lishi, eskicha fiklardan voz kechish lozimligi hamda mavjud muammolarning yechimi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishdi.

4

5

6

Uchrashuvda institut professor-o’qituvchilari tomonidan ta’limni rivojlantirish yuzasidan takliflar berib o’tildi.

7

8

Tadbir so’ngida mehmonlarga minnatdorchilik bildirilib, ularga esdalik sovg’alari hamda anvoyi gullar taqdim etildi.

9

10