Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

TTJ talabalar kengashining navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi

2017 yil 1 mart kuni TTJ talabalar kengashining navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Mamasoliyev, dekan o’rinbosarlari Q.Hakimov, O’.Sattorov, O.Tilavov, salomatlik maslahat markazi rahbari Yu.Sattorova, xotin-qizlar kengashi raisi M.Normurodova, ustoz-murabbiylar kengashi raisi L.O’sarova, “Kamolot” YoIH institut BT yetakchisi A.Nuritdinov, TTJ mudiri Sh.Tilavov, TTJ talabalar kengashi a’zolari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Yig’ilish kun tartibida talabalarning institut ichki tartib-qoidalari va tartib-intizomga rioya qilishlari, tozalikka rioya qilish, chiroqlarni o’z vaqtida o’chirish, kiyinish va muomala madaniyati, har hafta payshanba kuni tozalik soatini o’tkazish, TTJ talabalar kengashi faoliyati, TTJdan ruxsatsiz ketgan talabalar bilan ishlash holati kabi masalalar ko’rib o’tildi.

1

Yig’ilish so’ngida mart oyi davomida “Eng namunali qavat”, “Eng sarishtali xona” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida e’lon qilindi hamda TTJ talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari va barcha talabalarga ushbu tanlovga puxta tayyorgarlik ko’rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

2

Yig’ilishni ingliz tili fakulteti dekan o’rinbosari Q.Hakimov olib bordi.

3