Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Barcha talabalar va yosh o’qituvchilar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining 2017 yil 18 yanvardagi 08/1-74-sonli topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, O’zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti hamkorligida tayyorlangan Internet tarmog’idagi diniy yo’nalishda mavjud axborot va mafkuraviy xurujlariga qarshi kurashish hamda “uz” milliy domenida diniy mafkuraviy ishlarning saviyasini oshirishga qaratilgan qo’shma rejada internet tarmog’ida yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etishga bag’ishlab eng yaxshi infografika, grafika, foto, slayd kabi ijodiy ishlarning tanlovi e’lon qlingan.

Tanlovda barcha hoxlovchi talabalar va yosh o’qituvchilar qatnashishlari mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlarni ma’naviyat va ma’rifat bo’limidan olishingiz mumkin.