Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami

IMG_1207

Assalomu alaykum hurmatliustozlar!

Qadrli opa-singillar!

Barchamiz orziqib kutgan bahor fasli kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko’ngillarimiz yorug’ nurlarga to’lib borayotgan mana shu fayzli ayyomda Siz aziz ustozlarni, barcha xotin-qizlarni 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

O’zining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi va charog’boni bo’lmish siz, munis ayollarimizga har qancha minnatdorchilik bildirsak, Sizlarni har qancha e’zozlab, boshimizga ko’tarsak, arziydi, albatta.

Barchamizga ayonki, dunyoda davlat va jamiyatning nufuzi, madaniy darajasini ko’rsatadigan mezonlar ko’p. Lekin har qaysi millat va xalqning ma’naviy kamolotini yaqqol aks ettiradigan shunday bir mezon borki, u ham bo’lsa, jamiyatning xotin-qizlarga bo’lgan munosabati, hurmati bilan belgilanadi.

 

Aziz opa singillar!

Oldimizda turgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda, ro’zg’or va oila tebratishda, hayotimizni yanada obod va farovon qilishda, qaysi soha bo’lmasin, sizlarning qo’shayotgan hissangiz beqiyosdir.

Haqiqatan ham, sizlarning yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishdagi o’rningiz va ta’siringizni, chidam va sabr-bardosh, oqilalik va shukronalik kabi fazilatlaringizni hyech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Menimcha, o’zining go’zalligi va fidoyiligi, mehnatkashligi va bag’rikengligi bilan yurtimiz ayollariga teng keladigan ayollar dunyoda kamdan-kam topiladi.

Jamiyatimiz tayanchi, millatimiz faxri, mehnatda fidokor, oilada sarishtali, mehribon onalarimiz, opa-singillarimiz bor ekan, biz doimo mag’rur va baxtiyor yashaymiz. Viloyatimizda tashkil etilayotgan turli xalqaro anjumanlar va sport musobaqalari, turli tanlovlarda ishtirok etib kelayotgan va biz bilan yonma-yon mehnat qilayotgan xotin-qizlarimiz bizning faxrimizdir.

 

Aziz va mo’tabar ayollar! 

Barchangizni yana bir bor go’zallik va nafosat ayyomi 8 mart – xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Sizlarga uzoq umr, sihat - salomatlik, baxt omad tilayman. Oilangizga tinchlik hotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshman. Qalbingizdagi barcha ezgu tilaklar ro’yobga chiqsin. Hamisha baxtimizga omon bo’ling!

Institut rektori I.Tuxtasinov

7806a591a1261df473620b97f612f8f0