Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Muqaddassan muqaddas ayol!

Samarqand davlat chet tillar institutida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Muqaddassan muqaddas ayol! deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Bayramga institutda faoliyat olib borayotgan barcha ayol-qizlar, shuningdek, ko’p yillar halol mehnat qilib, hozirda nafaqada bo’lgan faxriy o’qituvchilar taklif etildi.

1

Bayram tadbirini institut rektori I.Tuxtasinov ochib, barcha xotin-qizlarni institut rektori hamda jamoasi nomidan go’zallik va nafosat ayyomi “8 mart – xalqaro Xotin-qizlar kuni” bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etdi va bayram bilan qutladi. Yurtimiz ilm-faniga munosib hissa qo’shgan va hozirda faoliyat olib borayotgan olima ayollarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilaviy tinchlik xotirjamlik tiladi hamda ilm-fanda yuksak marralarni qo’lgan kiritayotgan o’qituvchilarni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig’i bilan taqdirladi.

2

3

Shundan so’ng tadbirning bayram qismi boshlanib, unda tarixiy sahna ko’rinishlari, mumtoz kuy-qo’shiqlar, milliy raqslar, qiziqarli o’yinlar va hazil-mutoyibalarga boy badiiy chiqishlar namoyish etildi.

4

5

6

7

Bayram tadbiridan so’ng barcha xotin-qizlarga institut oshxonasida bayram dasturxoni tashkil etildi. Bayram dasturxonida barcha xotin-qizlar yana bir bor bayram bilan tabriklab, ularga qimmatbaho sovg’alar va anvoyi gullar taqdim etildi.

8

9

10

11

Tadbir davomida so’zga chiqqanlar kecha tashkilotchilariga o’z minnatdorchiliklarini bildirib, barchani bayram bilan qutlashdi.

12

13