Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Indoneziyalik o’qituvchi Siroj Muhammad Badrus institutdagi faoliyatini yakunladi

Indoneziya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi hamda SamDCHTI o’rtasida ta’lim sohasida yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Jumladan, 2014 yilda institutda “Indonez tili va madaniyati markazi” tashkil etilgan va hozirgi kunda bu til ikkinchi chet tili sifatida o’qitilib kelinmoqda.

2016-2017 o’quv iylining birinchi yarim yilligida indonez tili o’qituvchisi sifatida Indoneziyaning Semarang universitetidan jalb etilgan mutaxassis Siroj Muhammad Badrus  o`z faoliyatini yakunladi.

IMG_3472

IMG_3481

Faoliyati davomida u indonez tili va adabiyoti, indonez tili nazariy fonetikasi, indonez tili tarixi kabi fanlardan dars berish bilan bir qatorda, mahalliy o’qituvchilar uchun metodologik seminarlar, ochiq darslar, interfaol so`zlashuv tugaraklari tashkil etishda hamda madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib keldi.

IMG_3493

Siroj Muhammad Badrus O’zbekiston xalqining mehmondo’stligi va bag’rikengligidan juda minnatdor ekanligini ta’kidlab, kelajakda albatta yana Samarqandga tashrif buyurishini bildirdi.

IMG_3490