Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Umumxalq hashari o’tkazidi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017 yil 11-12 mart kunlari umumxalq hashari tashkil etildi. Umumxalq hashariga 11 mart kuni institutdan 1450 nafar talabalar va 140 nafar rahbar va o’qituvchi-xodimlar, 12 mart kuni 1200 nafar talabalar va 120 nafar rahbar va o’qituvchi-xodimla jalb etildi.

1

2

3

4

Hashar davomida institutga biriktirilgan Samarqand shahridagi Bo’stonsaroy ko’chasi hududi va uning atrofidagi ariq va zovurlar, shuningdek, institut hududi, shu jumladan, uning atrofidagi ariq-zovurlar, institut bosh binosining ichki va tashqari qismlari, talabalar turar joyi binosi atroflari, fakultetlar binolari atroflari 2 tonnadan ortiq maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalandi. 1 gektardan ortiq maydon obodonlashtirildi, 3 km uzunlikdagi ariq-zovurlar chiqindilardan tozalandi, institut hududidagi 300 dan ortiq daraxtlar atrofi tozalanib, yer qismi chopildi va yumshatildi. Ularga shakl berildi va oqlandi. Institut hovlisi va uning atrofida gulzorlar barpo etildi.

5

6

7

8