Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Badiiy tarjima: amaliyot, nazariya va tanqid” respublika ilmiy-amaliy seminari

2017 yil 11 martda Jizzax davlat pedagogika institutida “Badiiy tarjima: amaliyot, nazariya va tanqid” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo’lib o’tdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda JDPI tashabbusi bilan o’tkazilgan nufuzli seminarda Samarqand davlat chet tillar institutining bir guruh ijodkor o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Seminar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish to’g’risida”gi 4789-sonli farmoyishini ijro etish bo’yicha tadbirlar doirasida o’tkazildi.

2 

Seminarda butun umrini yurtimizda tarjima san’ati rivojiga bag’ishlagan taniqli tarjimon-adiblar, tarjima nazariyasi rivojiga katta hissa qo’shgan ustozlar  ishtirok etishdi. Ular o’z nutqlarini O’zbekiston tarjimachiligining buguni va ertasi, tarjima asarlarini nashrga tayyorlash, tarjimonlarni tarbiyalash, sohadagi e’tiborga molik badiiy asarlar taqdimotiga qaratishdi. Seminarni Respublika Yozuvchilar uyushmasi badiiy tarjima va adabiy aloqalar bo’limi boshlig’i Adhambek Alimbekov boshqardi. Asosiy ma’ruzalarni professorlar Vaxob Raxmon, Xurram Rahimov, Shavkat Karimov,  Yanglish Egamovalar o’qishdi.

3

Institutimizda vakil sifatida ishtirok etishgan yozuvchi, shoir va tarjimon Eshqobil Vali, dosent Abdurayim Turobov, iqtidorli talaba Murod Muhammad Yorqulovlar o’z nutqlarida mintaqada tarjimonlik ishlarining bugungi xolati, Poshali Usmon va Abdumurod Ko’chiboyevlar xotirasi va ular merosiga munosabat, ingliz tilidan tarjimalarning ba’zi xususiyatlariga qaratishdi va bir qator takliflar berishdi. Samarqandlik ijodkorlarning takliflari katta qiziqish bilan kutib olindi va muhokama qilindi. Shuningdek, seminar dasturi doirasida   yangi kitoblar taqdimoti ham o’tkazildi. Unda seminar tashkilotchisi professor M.Xolbekovning “Jahon tarjimachiligi an’analari”,  Oybekning “Navoiy” romanini ingliz tiliga I.M.Tuxtasinov va O.Muminovlar amalga oshirgan tarjimalari ijobiy baholandi. 

1

4

5