Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“ZULFIYAXONIM QIZLARI” ko’rik –tanlovi bo’lib o’tdi

2017-yil 17-mart kuni institutda talaba-qizlari o’rtasida“ZULFIYAXONIM QIZLARI” deb nomlangan fakultetlararo ko’rik –tanlovi bo’lib o’tdi.

1

Ko’rik-tanlovni kirish so’zi bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib, ishtirokchilarga muvoffaqiyatlar tiladi.

2

3

4

5

Ko’rik-tanlov ko’tarinki ruhda bo’lib o’tib, unda talaba-qizlar 3 ta, ya’ni salomlashish va tanishtirish, “Zulfiyaxonim ijodi talaba-qizlar nigohida” va “Yoshlarni oilaga tayyorlash“ shartlari bo’yicha bellashishdi.

Bellashuv natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Yakunda roman-german tillari fakulteti jamoasi 1-o’rinni, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoasi 2-o’rinni, ingliz tili fakulteti jamoasi 3-o’rinni egallashdi.

 7

8

9

10

Tadbir so’ngida g’olib jamoalar, faol qatnashgan talabalar hamda tanlov tashkilotchilari institut talabalar va xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan diplom, faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

6