Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Navro’z – tinchlik, birodarlik va qardoshlik bayrami

2017 yil 19 mart kuni Samarqand shahridagi mustaqillik maydonida Navro’z umumxalq bayrami tantanalari keng nishonlandi.

Bayram tantanalariga Samarqand shahridagi ko’pgina korxona, tashkilot, oliy ta’lim muassasalari qatori Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham o’ziga xos tayyorgarlik bilan ishtirok etdi.

13

Navro’z ayyomi karnay-surnay sadolari ostida boshlanib, mehmonlarni milliy va sharqona kiyimdagi qizlar qo’lida boychechak bilan kutib olishdi. Bayram dasturxoniga bahor taomlari bo’lmish halim, sumalak, ko’k somsa, ko’k pichak, qandolat mahsulotlari, doshqozonda sumalak, osh kabi turfa taomlar tayyorlanib, tortiq etildi.

1

Navro’z ayyomida, shuningdek, turli sport va ko’ngilochar o’yinlar, jumladan, arqon tortish, tosh ko’tarish, armrestling, shaxmat musobaqalari tashkil qilingan bo’lsa, milliy urf-odatlarimizdan kashta, do’ppi tikish,  go’ja tayyorlash, dutor chalish kabi marosimlar, shuningdek, Amir Temur davriga oid lavhalar sahnalashtirilgan holda yig’ilgan omma va mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

2

3

4

5

6

7

8

9

12

Shundan so’ng bayram ahliga institut jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, kuy-qo’shiqlar, QVZ “Tarjimon” jamoasi tomonidan tayyorlangan hazil-mutoyibalar hamda turli o’yinlardan iborat bayram dasturi namoyish etildi.

10

11  

Institut jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi shahrimiz ahliga juda manzur bo’ldi.