Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Profilaktik yig’ilish o’tkazildi

2017 yil 23 mart kuni ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari hamda profilaktika inspektori ishtirokida profilaktik yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov so’zga chiqib, talabalar bilan doimiy ravishda turli ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni olib borish, guruh murabbiylarining faoliyatini yanada faollashtirish, talabalarning, ayniqsa ijarada yashaydiganlarning yashash sharoitlarini muntazam o’rganib borish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash, ularning salomatligini nazorat qilish va shu maqsadda aprel oyida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikni tashkil etish, kiyinish madaniyatini tartibga solish yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli ko’rsatmalar berib o’tdi.

1

2

3

Yig’ilishda shuningdek, profilaktika inspektori J.Hasanov ham so’zga chiqib, talabalar bilan turli ko’ngilsiz hodisalar, jumladan yong’in xavfsizligi, yo’l transport hodisalari hamda ular o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir bo’lishini oldini olish, favqulodda hodisalar ro’y berganda zudlik bilan tegishli idoralarga xabar berish va shu kabi masalalar bo’yicha fikr bildiri, tegishli tavsiyalarni berib o’tdi.

4

5