Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“OTA-ONA – ASOSIY HAMKORIMIZ” mavzusida kafedra hisobot anjumani o‘tkazildi

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”  munosabati bilan 2017-yil 24-mart kuni “Ota-ona – asosiy hamkorimiz” mavzusida Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi  tomonidan  kafedraning hisobot anjumani o‘tkazildi.  Mazkur  mavzu  ostida  o‘tkazilgan  madaniy  tadbir     fransuz  tili  yo‘nalishi  talabalarining  ota-onalari  bilan  hamkorlikda    tashkil  etildi  va unda  50 ga yaqin ota-onalar  ishtirok etishdi.

1

2

3

8

Hisobot anjumanida institut rektori I. Tuxtasinov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor H.Norqulov, Roman-german tillari fakulteti dekani A.Shermatov, kafedraning xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul o‘qituvchisi Sh.Fozilova va kafedra mudiri N. Suvonovalar so‘zga chiqishdi.  So‘zga chiquvchilar o‘z nutqida    “Oila, ota-ona  va kafedra   hamkorligi” borasida  olib  borilayotgan   ishlar  hamda  ularning talabalar  ma’naviy faoliyatida yoki ta’lim jarayonida  tutgan  o‘rni xususida  to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek,  ota-onalarning  institut  bilan  doimiy  muloqot  muhitini  shakllantirish  chora-tadbirlari borasida  fikrlar  almashildi.

4

5

Tadbirga tashrif  buyurgan   ota-onalarga  kafedra  tomonidan  ishlab  chiqilgan  maxsus savolnomalar  taqdim etildi  va ular  asosida  ota-onalarning talab  va takliflari  o‘rganib  chiqildi. Savolnomada aks etgan, shuningdek, qizg‘in munozaraga sabab bo‘lgan  ko‘plab talab va takliflarga jonli muloqot asosida  institutimiz rektori  I.Tuxtasinov  va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor H.Norqulov javob berishdi. Ota-onalar uchun muammo bo‘layotgan ayrim masalalar mazkur anjumanda o‘z yechimini topdi. 

6 7

Hisobot anjumani  so‘ngida  faol  va  o‘z farzandiga nisbatan jonkuyar ota-onalarga hamda institut  hayotidagi  turli sohalarda jonbozlik ko‘rsatayotgan faol  talabalarga  maxsus nominatsiyalar ostida   faxriy yorliqlar  taqdim  etildi. 

9

10