Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Navro’z shodiyonalari

Navro’z bayrami 21-martda nishonlansada, bu bayram shukuhi haligacha davom etmoqda. Bugun Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan bayram shodiyonasi yaqqol misol bo’la oladi.

   Institut rektori I.Tuxtasinov boshchiligida o’tkazilgan bayram tadbiri haqiqiy shodiyonaga aylanib ketdi. Buni biz talaba-yoshlar hamda professor-o’qituvchilar nigohida ko’rishimiz mumkin.

6

    Bayramda o’zbek xalqining milliy urf-odatlarini, hamda institutda o’qitiladigan tillar madaniyatini aks yettiruvchi sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Kuy-qo’shiqlar va qiziqarli o’yinlar bayram ishtirokchilariga o’ziga xos kayfiyat ulashdi. Milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonga osh va sumalak tortildi.

2

5

    Bayram so’ngida institut rahbariyati tomonidan ishtirokchilar “Bayramona dasturxon bezatish” va “Milliy urf-odatlarni namoyon etuvchi eng yaxshi sahna ko’rinishi”, “Eng faol guruh ”, “Eng inoq guruh” nominasiyalari bo’yicha taqdirlanishdi.

4

1

3