Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

"KARERA KUNLARI – 2017" MEHNAT YARMARKASI

29 mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida bitiruvchilarni ishga taqsimlash maqsadida "Karera kunlari – 2017" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

0

1

Viloyat xalq ta’limi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand mintaqaviy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada viloyatdagi o‘ttizdan ziyod umumta’lim maktabi, kasb-hunar kollejlari hamda sayyohlik firmalari bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

2

3

Joriy o‘quv yilida institutimizni bakalavriatura yo‘nalishi bo‘yicha 546 nafar, magistratura yo‘nalishida 83 nafar talaba bitiradi. Shu davrgacha bitiruvchilarimizni ishga joylashtirish maqsadida viloyat xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari, viloyat muzey-qo‘riqxonasi, sayyohlik firmalari va mehmonxonalar, bir qator qo‘shma korxonalar bilan shartnomalar imzolangan. Hozirgacha 60 dan ziyod umumta’lim maktabi, 35 kollejdan talab xatlari kelib tushdi. Yuzdan ortiq bakalavr bitiruvchilarimiz ish beruvchi tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzdi.

4

5

6

7

8

22

Yarmarkada 112 nafar bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.