Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Biz-yagona oila farzandlarimiz

2017 yil 31 mart kuni Oqdaryo politexnika kollejida “Biz-yagona oila farzandlarimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda SamDChTI ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov, Oqdaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha o’rinbosari T.Alqarov, viloyat milliy-madaniy markazidan A.Subxanqulov, N.Kim, N.Kim, A.Vaxidov, viloyat madaniyat boshqarmasi xodimi Z.Ochilov, E.Qurbonov, R.Sultonov hamda 200 nafar o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etishdi.

1

2

3

Tadbirda so’zga chiqqanlar qadim-qadimdan qo’ni-qo’shni, turli millat va elatlar bilan og’a-ini, qarindosh-qondosh bo’lib yashash xalqimizga xos qadriyatlardan biri hisoblanishi, ayni paytda yurtimizda 130 millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek umurguzaronlik qilishayotgani, millatlar orasida totuvlikni ta’minlash davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarilganligi esa quvonarli bosh Qomusimizda har bir millatning qadr-qimmati baland ekanligi alohida ta’kidlangani, yagona oilamiz bo’lgan O’zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik odil siyosatning, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning natijasi ekanligi, mehr-oqibat, bag’rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga, ularning qalbiga singdirishda milliy madaniyat markazlarimizning o’rni beqiyos bo’layotganligini ta’kidlashdi.

4

5