Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Jinoyatchilik ahvoli, unga qarshi kurash va profilaktika qilish yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017 yil 30 mart kuni Samarqand shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Samarqand viloyati hududida o’tgan 2016 yilda qayd etilgan jinoyatchilik ahvoli, jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika qilish to’g’risida” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.

2

Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochib, talabalar orasida huquqbuzarlikning oldini olish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, giyohvandlik, odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizm, korrupsiya va shu kabi muammolarning sodir bo’lishini oldini olish maqsadida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilib kelinayotganini gapirib o’tdi va yig’ilganlarga shu masalalar yuzasidan tadbir qatnashchilarini tanishtirib, bu borada fikr bildirish uchun so’zni Samarqand shahar prokurori F.Sheryigitovga berdi.

1

4

F.Sheryigitov so’zga chiqib, hududlarda yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar, jinoyatchiliklar yoki boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir bo’lishining oldini olish maqsadida ko’plab tadbirlar amalga oshirilayotgani va uni yanada kuchaytirish davr talabi ekanligini ta’kidladi. Sodir bo’layotgan jinoyatlarga sabab tushuntirish ishlarining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi hamda yoshlarning ish bilan band qilinmaganligidadir. Buning uchun tadbirkorlik asosida ish o’rinlarini ochish va yoshlarni ishga joylashtirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun kreditlar berish yo’lga qo’yilganligi to’g’risida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

3

5

Tadbir davomida talabalar ham o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan F.Sheryigitovga murojaat qildi va tegishli javoblar olis hdi.

6