Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Qo’shrabot tumanida profilaktik yig’ilish

Profilaktik nazoratiga olingan va ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolar oila-a’zolarining turmush sharoitini o’rganish va ularning yordamga muhtoj va extiyojmand qatlamiga amaliy yordam ko’rsatishni tashkil etish maqsadida Qo’shrabot tumanidagi oilalar bilan uchrashuvlar tashkil etish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

1     

Yig’ilishda Qo’shrabot tumani hokimi o’rinbosari B. Musulmanov, SamDChTI ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ishtirok etib, ichki ishlar profilaktik nazoratiga olingan va ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolar oldida turgan bir qator muammolar, ularning oilalarida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik kelgusida og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar va boshqa salbiy holatlarga olib kelishi bilan bir qatorda, ayrimlarining tartibsiz ravishda o’zga yurtlarga ish qidirib uzoq muddatlarga chiqib ketishiga sabab bo’layotgani, mazkur yo’nalishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

2

4

Yig’ilish so’ngida tuman uchastka profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, hududdagi ta’lim muassasasi rahbarlarihamdatibbiyot xodimlariga diniy esktremistik oqimlarga a’zoligi uchun ichki ishlar idoralari profilaktik nazoratida turgan va jazo muddatini o’tayotgan fuqarolar oila a’zolarining iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini o’rganish bo’yichasavolnomalar tarqatilib, ularga mazkurp savolnoma asosida 3 kun muddatda xonadonlarni o’rganish va aholib bilan suhbatlar o’tkazish vazifalari topshirildi. 

5