Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ma’naviyat va ma’rifat kengashi o’tkazildi

2017 yilning 6 aprel kuni kuni SamDChTI Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ustoz-murabbiylar hamda xotin-qizlar ishlari bo’yicha mas’ullari ishtirok etishdi.

Yig’ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.

1            

Dastlab kengashda fevral va mart oylarida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’yicha mas’ul shaxslarning hisobotlari eshitildi. Dekan o’rinbosarlari o’zlarirng 2016-2017 quv yilining yarim yilida amalga oshirgan ishlarini taqdimot qilib berishdi.

2

3

4

5

6

Shundan so’ng aprel oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan “7 aprel – Xalqaro salomatlik kuni” hamda “9 aprel – Amir Temur tavalludi” munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar va shu kabilar muhokama qilindi.

 

7

8

Shuningdek, roman-german tillari fakulteti va kafedralarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyati monitoringi to’g’risida Ishch guruh raisining axboroti eshitildi.

9

10

Bundan tashqari Murabbiylar Kengashi faoliyati monitoringi, kafedralarda ma’naviyat jurnalining yuritilish holati, TTJda talabalar kengashi faoliyati va uni yaxshilash chora-tadbirlari, Xotin-qizlar kengashi, Ibn Sino salomatlik maskani ma’rifat markazi, institut birlashgan xodimlar kasaba uyushmasi faoliyati monitoringi, hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar, ijarada yashaydigan talabalar bilan olib borilayotgan ishlar ahvoli, professor-o’qituvchilar va talabalar orasida huquqbuzarlikning oldini olish, “TTJ kafedra kunlari” haftaligi doirasida navbatchiliklarning borishi, professor-o’qituvchilar va talabalarning kiyinish madaniyatiga rioya qilishlarini tartibga solish, shartnoma asosida o’qiydigan muddatli harbiy xizmatni o’tagan talabalarning “Kamolot” YoIH tomonidan 35%lik shartnoma pulini to’lab berish bo’yicha olib borilgan ishlar yakunlari, Talabalarni chuqurlashtirilgan  tibbiy ko’rikdan o’tkazish yakunlari, “Professor-o’qituvchilar talabalar nigohida” so’rovnomasini, “Yilning eng yaxshi kitobi”, “Adolat o’g’loni”, “Nigohlarda ko’rkam xonatlas”, “Tafakkur sinovlari”, “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovlarini o’tkazish, “Ma’naviyat kuni”ning o’tkazilishi to’g’risida mas’ul shaxslarning hisobotlari tinglandi.

11

Yig’ilishda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan kengash a’zolari tomonidan ayrim takliflar ham bildirib o’tildi.

 12