Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Kitob-bilim, ma’naviyat va ma’rifat manbai

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishini ijrosi borasida joriy yilning 7-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti ijtimoiy fanlar kafedrasida tashkil etilgan “Falsafiy munozara” ilmiy to‘garagi a’zolari va ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy bo‘lim xodimlari Samarqand shahrida joylashgan “Kitob olami”ga tashrif buyurishdi. “Kitob olami”da “Kitob-bilim, ma’naviyat va ma’rifat manbai” mavzusida to‘garak a’zolari va professor-o‘qituvchilar tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir yakunida “Falsafiy munozara” to`garagida faol ishtirok etgan talabalar va to‘garak rahbari Sadullayeva Shahnoza institut rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Tadbir Samarqand viloyat televideniyasi va fikr.uz da keng yoritildi.

IMG_4832

IMG_4836

IMG_4843

IMG_4849

IMG_4868

IMG_4872

IMG_4884

IMG_4899

IMG_4907

IMG_4926