Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Salomatlik – tuman boylik

2017 yil 7 aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida 7 aprel “Xalqaro salomatlik kuni” munosabati bilan ispan va italyan tillari kafedrasi tomonidan “Salomatlik – tuman boylik” mavzusida ma’naviy tadbir o’tkazildi.

1

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori H.Norqulov ochib, yurtimizda sog’liqni saqlash tizimiga katta e’tibor qaratilib kelinayotgani, bu borada ulkan hajmdagi ishlar amalga oshirilayotgani, onalar va bolalar salomatligiga qaratilayotgan e’tibor, sport-sog’lomlashtirish ishlari haqida to’xtalib, bu kabi tadbirlar institutimizda ham ko’plab tashkil etib kelinayotgani, bugungi tadbir ham  7 aprel “Xalqaro salomatlik kuni” munosabati bilan tashkil etilayotganligini qayd etdi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi.

 2

3

4

5     

Shundan so’ng roman-german tillari fakulteti ispan va italyan tillari kafedrasi tomonidan tayyorlangan dastur namoyish etilib, unda Ibn Sino va Gippokrat haqida videoroliklar, “Giyohvandlik iskanjasida zavol bo’lgan umr” nomli sahna ko’rinishlari namoyish etildi, gigiyena qoidalari va uning salomatlikdagi o’rni haqida foydali maslahatlar berib o’tildi.

 

6

7

8

Shuningdek, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokorlari hamda salomatlik maslahat markazi xodimlarining ma’ruzalari tinglandi.

Faol qatnashgan talabalar va guruhlar institut rahbariyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

9