Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Eng sarishtali va eng namunalilar taqdirlandi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan har oyda institut talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan yig’ilishlar o’tkazilib kelinmoqda. 2017 yilning 7 aprel kuni navbatdagi yig’ilish o’tkazildi. Unda talabalarning institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari va shu kabi masalalar ko’rib o’tildi.

1

2

Shundan so’ng joriy yilning mart oyi davomida TTJda o’tkazilib “Eng sarishtali xona” va “Eng namunali qavat” ko’rik-tanlovi g’oliblarinitaqdirlash tadbiri o’tkazildi.

3

4

5

6

Ko’rik-tanlovda talabalar turar joyida yashovchi talabalar  nominasiyalari bo’yicha bellashdilar. Tanlovda talabalar turar joyidagi xonalarning sanitar-gigiyenik holati, mebellar, gilamlar, krovatlar, yopinchiqlarning toza va ozoda saqlanganlik holati hamda u yerda yashovchi talabalarning TTJ nizomi va uning ichki tartib qoidalariga to’liq rioya etishlari, qavatlarning toza va ozoda saqlanganligi, sanitariya-gigiyena va yong’in xavfsizligi talabalariga to’liq javob berishi, oshxonalarning toza tutilishi, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, dam olish xonalari va dars xonalarining toza va ozoda saqlanganligi, maishiy chiqindilarning o’z vaqtida olib chiqib ketilishi va idishlarning tartibli saqlanishi kabi holatlar inobatga olindi hamda hakamlar Hay’ati tomonidan odilona baholanib, g’oliblar aniqlandi.

Taqdirlash bayramini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib berib, yig’ilganlarga tanlov yakunlanganligi va g’oliblar aniqlanganligini ma’lum qildi.

7

8

Shundan so’ng bayramona kayfiyatda g’olib bo’lgan qavat va xona sohibu- sohibalari birin-ketin sahnaga chorlandi hamda faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

9

10

Tadbir talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturiga ulanib, yig’ilganlar e’tiboriga kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari hamda qiziqarli o’yinlar namoyish etildi.