Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Umumxalq hashari o’tkazidi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017 yil 8-9 aprel kunlari umumxalq hashari o’tkazildi. Umumxalq hasharida institut hududi va institutga biriktirilgan hududda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. 

2

4

5

1

Jumladan, hashar davomida institut hududi, uning atrofidagi ariq-zovurlar, institut bosh binosining ichki va tashqari qismlari, talabalar turar joyi binosi atroflari, fakultetlar binolari atroflari, shuningdek, institutga biriktirilgan hududlar turli turdagi chiqindilardan tozalandi. Binolarning panellari va deraza romlari artilib, toza holga keltirildi. Institut hududidagi daraxt va gulzorlar atrofi tozalanib, ularga shakl berildi va oqlandi. Ularning yer qismi chopilib, yumshatildi. Institut hududidagi yo’laklar ta’mirlanib, ularning chetiga o’rnatilgan bardyuralar oqlandi. Hududdagi yoritish moslamalari va binolarni ko’rsatuvchi belgilar ta’mirlandi. Eskilari yangisiga almashtirildi. Hududdagi irrigasiya tizimi ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. 

7

8

9

Shuningdek, barcha o’quv binolaridagi auditoriyalar ko’zdan kechirilib,  u yerdagi chiqindilar olib chiqildi va tozalandi. Umumxalq hashari qatnashchilari zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlandi.

3

6

10

Hasharga institutning barcha professor-o’qituvchi va xodimlari hamda talabalari jalb etildi.