Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Hamsa” aktyorlik o’yini” tanlovi bo’lib o’tdi

2017 yilning 13 aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti, “Kamolot” YoIH Samarqand viloyat Kengashi, “Sevimli ijrochi” to’garagi va Samarqand viloyat televideniyasi hamkorligida “Super talaba” – mega loyihasi doirasida “Hamsa” aktyorlik o’yini o’tkazildi.

1

2

O’yinda fakultetlarda roman-german tillari fakultetidan “Yevropa”, “Lyutes”, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetidan “Sharqona”, “Maroqand”, ingliz tili fakultetidan “Artful” jamoalari ishtirok etishib, 5 ta shart bo’yicha bellashishdi.

 3

4

5

Bellashuvlarda jamoalar dramatik, tragedik, komedik va satirik sahna ko’rinishlarini, o’zlarining noyob qobiliyatlarini, taniqli insonlarga o’xshatishlarni, narsa va buyumlarni reklama qilish iste’dodlarini namoyish etishdi.

6

7

Jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

8

9

10

Yakunda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetidan “Sharqona” jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritdi va final bosqichiga yo’l oldi. Fakultetning yana bir jamoasi “Maroqand” 2-o’rinni, fakultetlarda roman-german tillari fakultetining “Yevropa” va ingliz tili fakultetining “Artful” jamoalari 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

G’oliblar tashkilotchilarning  faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

11

12