Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDCHTIda yangi hamkorlik shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 19 aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga  O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy Markazi direktori o’rinbosari A.S.Abidjanov va Markaz professori A.T.Irisqulovlar o’zaro hamkorlik aloqalarni rivojlantirish borasida Shartnoma imzolash hamda institut o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etish maqsadida tashrif buyurishdi.

20170419_112149

IMG_4988

IMG_5001

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika bo’yicha chet tillarni o’qitish, chet tili o’qituvchlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida tayanch hisoblanadigan O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy Markazi va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida fan, ta’lim, ilmiy-tadqiqot, qo’shma anjumanlar tashkil etish va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan Shartnoma imzolandi.

IMG_5007

IMG_5013

IMG_5018

Tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarori ijrosini amalga oshirish maqsadida institut pedagog xodimlari uchun Markaz direktori o’rinbosari A.Abidjanov hamda Markaz professori A.T.Irisqulovlar tomonidan Knowledge assessment as One of Key Issues in Language acquisition” hamda “Digital education” in teaching foreign languages”mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

IMG_5041

IMG_5049

IMG_5061

IMG_5064

Shuningdek, Markaz direktori o’rinbosari A. Abidjanov Chet tillarni o’qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy Markazi faoliyati va xalqaro hamkorlik to’g’risida taqdimot o’tkazdi.

Institut rektori I.Tuxtasinov O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion Metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy Markazi xodimlariga tashrif uchun institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi va kelgusidagi hamkorlikning sermahsul bulishiga ishonch bildirdi.

  IMG_5066

IMG_5077

IMG_5086