Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Sharq tillari kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Sharqshunos” to`garagining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Sharqshunos” to‘garagi 2017-yil 19-aprel kuni navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Tashkil etilgan to‘garakning asosiy vazifasi sifatida yoshlarda mustaqil fikr yuritadigan, fuqarolik pozitsiyasini namoyish qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga ko‘maklashish kabilar belgilangan.

IMG_5090

IMG_5091

IMG_5093   

Yig`ilishda koreys tili o`qituvchisi Baymatova M. talabalarga Samarqandning tarixiy yodgorliklari haqida juda qiziqarli ma`lumotlarni aytib o`tdi. Buning natijasida talabalarda tarjimonlik kasbiga yanada qiziqish uyg`ondi. Yig`ilishda SamDChTI Ilmiy bo`lim boshlig`i B.Turobov ham ishtirok etib, yil davomida eng yaxshi to`garak faoliyatini olib borganligi uchun to`garak rahbari Baymatova Munira va eng yaxshi ishtiroki ushun Axrorova Mohinurlarni “Tashakkurnoma” bilan taqdirladi

IMG_5098

IMG_5100