Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDCHTIda “O’zbek tili va madaniyati” kurslari samarali tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilini, O’zbekiston tarixini, madaniyatini va qadimiy yodgorliklarini o‘rganishga qiziquvchi xorijliklarning soni oxirgi yillarda ayniqsa oshib bormoqda. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida bir necha yillardan buyon xorijliklar uchun “O’zbek tili va madaniyati”, “O’zbek tili va adabiyoti” kabi o’zbek tilini o’rgatishga qaratilgan intensiv kurslar tashkil etilib kelinmoqda va bunday kurslar ona tilimizni dunyoga keng tarqalishida o’z ijobiy samarasini bermoqda.

IMG_5136

O‘zbek tilini xorijliklarga intensiv o‘rgatishda ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatish ilg‘or tajribasidan foydalaniladi. Kursda ishtirok etayotgan tinglovchilar o‘zbek tili va adabiyoti haqida bilimlarini oshirish bilan birga O‘zbekiston tarixi, tarixiy obidalari, madaniyati va geografiyasini ham yaxshi o’zlashtirmoqdalar. Kurs yakunida xorijiy talabalarning bilim darajalari sinovdan o’tkazilib institutning maxsus sertifikatlari va bilim darajasi bo’yicha baholar qaydnomasi beriladi.

IMG_5142

20 aprel kuni institutda xorijliklar uchun tashkil etilgan “O’zbek tili va madaniyati” intensiv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilardan biri, Norvegiya fuqarosi Brattvoll Joakim Jensenga institut rektori tomonidan kursni muvaffaqiyatli tugatganligi haqida sertifikat va estalik sovg’alari taqdim etildi.

IMG_5150

Brattvoll Joakim joriy yilning fevral-aprel oylarida institutda tashkil etilgan “O’zbek tili va madaniyati” intensiv kursida ta’lim olib, o’zbek tilida erkin so’zlashish va moloqot qilish ko’nikmasini oshirdi.

IMG_5152

Brattvoll Joakim tashkil etilgan ushbu muvaffaqiyatli til kursi va do’stona munosabat uchun SamDCHTI jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, kelajakda albatta yana O’zbekistonga kelishini bildirdi.