Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Erasmus+ Programme Key Action 1-Mobility for learners and staff- Higher Education Student and Staff Mobility” loyihasi buyicha shartnoma samarasi

Samarqand davlat chet tillar instituti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo’yicha e’lon qiingan loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

IMG_5117

IMG_5120

Samarqand davlat chet tillar instituti va Germaniyaning Gumboldt Universiteti o’rtasida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “Erasmus+ Programme Key Action 1-Mobility for learners and staff- Higher Education Student and Staff Mobility” loyihasi doirasida tuzilgan Shartnomaga asosan Gumboldt Universiteti doktoranti (Doctor PhD) Adambussinova Zarina 2017 yilning 13 yanvaridan 20 aprelgacha bo’lgan muddatda Samarqand davlat chet tillar institutida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullandi. Shuningdek, institutda xorijliklar uchun tashkil etilgan “O’zbek tili va madaniyati” intensiv kurslarida ham qatnashdi.

IMG_5125 

         Adambussinova Zarina SamDChTIda o’zining ilmiy-tadqiqot ishiga doir ko’plab zaruriy ma’lumotlar to’plagani va bu boradi institut tomonidan ham yaqindan ko’mak ko’rsatilganligini ta’kidladi. Institut rektori I. Tuxtasinov bilan xayrlashuv chog’ida institut ma’muriyati va jamoasiga beminnat yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

IMG_5129 

IMG_5132