Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Insholar tanlovi

2017 yil 21 aprel kuni institutda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida insholar tanlovining institut bosqichi o’tkazildi.

1

2

Unda institutning 21 nafar talabalari ishtirok etishib, bugungi kunning dolzarb muammolardan biri bo’lgan diniy ekstremizm va terrorizm, uning tahdidi, zararli oqibatlari haqida o’z fikrlarini bayon etishib,  jaholatga qarshi faqatgina ma’rifat bilan kurashish muiknligini bildirib o’tishdi.

3

4

Tanlovda mavzuning mazmun-mohiyati to’laqonli ochib berilganligi, ijodiy ishlarning stilistik va gramatik jihatdan to’g’ri yozilganligi, mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi, mavzuni yoritishga o’ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi va hayotiy misollardan keng foydalanilganligi, mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to’g’risida takliflar keltirilganligi yuzasidan baholab borishdi va yakunda g’oliblarni aniqlashdi.

5

6

Tanlov g’oliblari tashkilotchilar tomonidan rag’batlantirilib, ularning ijodiy ishlarini o’rnatilgan tartibda  vazirlik tashkiliy qo’mitasiga taqdim etildi.