Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Ilm yulduzi” intellektual ko‘rik-tanlovi g‘olibasi

2017-04-21 09.46.54

Samarqand davlat chet tillar instituti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi (PhD) Nasrullaeva Nafisa Zafarovna Samarqand viloyatida 2017 yil 18 aprel kuni barcha oliy o‘quv yurtlari orasida o‘tkazilgan “Ilm yulduzi” intellektual ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Samarqand viloyati bo‘yicha “Ilm yulduzi” nominatsiyasining sovrindori bo‘ldi. 2017 yil 21 aprel kuni Samarqand davlat qishloq xo‘jalik institutida Samarqand olimalarning ilmiy-innovatsion ko‘rgazmasi tashkil qilindi va “Yoshlar va innovatsion jarayonlar” mavzusidagi Respublika Ilm festivali bo‘lib o‘tdi. Festival yakunida Nasrullaeva Nafisa 1 o‘rin sertifikati va qimmatbaho sovg‘a bilan mukofotlandi. Sertifikatni O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi “Olima” uyushmasi rahbari Murtazaeva Raxbar Xamidovna topshirdilar.

2017-04-21 11.13.07