Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Murabbiylar bilan yig’ilish o’tkazildi

2017 yil 21 aprel kuni institutning ustoz-murabbiylari bilan ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va sifatini oshirish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

1

Yig’ilishni institut rektori I.Tuxtasinov ochib, yig’ilganlarga institutda ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, professor-o’qituvchi va talabalarning o’zaro munosabati, kiyinish madaniyati, huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli yuzasidan ma’lumot berdi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli ko’rmatmalarni berib o’tdi.

2 3

Shundan so’ng institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov so’zga chiqib, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada jonlantirish, talabalarning kiyinish, muomala madaniyatiga rioya etishlarini nazorat qilish va bu bo’yicha ular bilan tushuntirish ishlarini olib borish hamda kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari faoliyatini monitoring qilish yuzasidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi. 

4 

Yig’ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari, xotin-qizlar kengashi, ustoz-murabbiylar kengashi raislari, tarjima nazariyasi va amaliyoti, sharq tillari, arab tili nazariyasi va amaliyoti, ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya, informatika, jismoniy madaniyat kafedralari mudirlari va professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

5