Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Viloyatda faoliyat olib borayotgan rasmiy din vakillarining hududiy o’quv-seminar mashg’ulotlari o’tkazildi

2017 yil 22 aprel kuni Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan rasmiy din vakillarining hududiy o’quv-seminar mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. O’quv-seminar mashg’ulotlari doirasida Kattaqo’rg’on pedagogika kollejida Kattaqo’rg’on, Paxtachi, Narpay tumanlari va Kattaqo’rg’on shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning diniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi bilimlarini oshirishga qaratilgan hududiy o’quv-seminar mashg’ulotlari tashkil etildi.

1.5

2.4

3.1

4.2

O’quv-seminar mashg’ulotini SamDChTI ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov kirish so’zi bilan boshladi. O’quv-seminar mashg’ulotlarida Kattaqo’rg’on shahar hokimi B.Sa’dullayev, Hamid Olimjon nomidagi musiqali va drama teatri rahbari B.Sharopov, Samarqand davlat chet tillar instituti psixologi M.Nurmatova, Imom Buxoriy xalqaro markazi manbashunoslik bo’limi mutaxassisi T.Evadullayev, Kattaqo’rg’on shahar bosh imom xatibi X.Do’smurodovlar ishtirok etishib, rasmiy din vakillarining viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga nisbatan faolligini oshirish va ularni mazkur yo’nalishda lozim bo’lgan ko’nikma va tajribalarini mustahkamlash yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. 

5.3

6

7

8