Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yaponiyaning Tsukuba universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti Yaponijaning ko’plab oliy ta’lim muassasalari shuningdek, Yaponijaning O’zbekistondagi elchihonasi, JICA halqaro hamkorlik tashkiloti, O’zbek-Yapon markazi (UJC) kabi oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa halqaro ilmiy markazlar bilan ta’lim, ilmiy-tadqiqot, professor-o’qituvchilar, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy amalij anjumanlar o’tkazish va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

IMG_5195

IMG_5196

 Samarqand davlat chet tillar instituti va Sukuba Universiteti o’rtasida tuzilgan shartnoma muddati tugaganligi sababli ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini davomiyligini ta’minlash maqsadida Sukuba Universitetining O’zbekison bo’jicha loyihalar koordinatori Murod Ismailov joriy yilning 22 aprel kuni SamDCHTIga tashrif buyurdi.

IMG_5198

IMG_5210 

Institut rektori, prorektorlari va mas’ullar bilan uchrashuv vaqtida ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida kelgusida amalga oshirilishi lozim vazifalar kelishib olindi. Shuningdek, SamDCHTI va Sukuba universiteti o’rtasida talabalar, professor-o’qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuv dasturlarini amalga oshirish, hamkorlikda Yapon tili va adabiyoti bo’yicha darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayorlash,  turli o’quv seminarlari hamda qo’shma ilmiy - amaliy ahjumanlar tashkil etish, hamkorlikda maqolalar chop etish, institutga yapon tili mutaxassislarini jalb qilish va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

IMG_5214 

IMG_5226