Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida o’tkazilgan «Yilning eng yaxshi kitobi» tanlovining fakultet bosqichi natijalari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha” farmoyishi yuzasidan  tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida «Yilning eng yaxshi kitobi» tanlovining fakultet bosqichi tashkil etildi. Tanlovni tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov ochib berdi. Tanlov shartlari bo’yicha ARM mutaxassisi Z.Nazarov ishtirokchilarni tanishtirdi. Tadbirni fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini O.Tilovov olib bordi. Fakultetning talabalari Ergashev O’rozbek, Hasanova Dilafro’z, Vafoyeva Umida, Hamrayev Ulashboy, Zayniyev Baxriddinlar o’zaro bellashdilar. Nomzodlar tanlov shartlariga ko’ra tayyorlagan o’z chiqishlari, sahna ko’rinishlarini mahorat bilan ijro etdilar. Tanlov yakunida ARM tomonidan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlar topshirildi va institut bosqichidagi ishtirokchi aniqlandi.

1.2

1

2

3

5

6