Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Yilning eng yaxshi kitobi” tanlovi o’tkazildi

2017-yil 25-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutuida ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, axborot resurs markazi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan “Yilning eng yaxshi kitobi” tanlovining final bosqichi o’tkazildi.

1

Tanlovni instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo`yicha prorektori H.D.Norqulov ochib, yurtimizda bugungi kunda kitobga berilayotgan e’tibor to’g’risida gapirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish                    to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda uning institutimizdagi ijrosi yuzasidan o’z fiklarini bildirib o’tdi hamda mazkur tanlov ham ushbu farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etilayotganini ta’kidladi.  Shundan so’ng tanlovni ochiq deb e’lon qilib, ishtirokchilarga omadlar tiladi.

 

2

Tanlovda ingliz tili fakultetidan Abdurasulova Gulmira, roman-german tillari fakultetidan Rahmatullayeva Guljahon, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetidan Hasanova Dilafruzlar ishtirok etishib, 3 ta, ya’ni “Kitob tafakkur xazinasi”, “Bir asar muhokamasi”, “Sahnaga ko’chgan badiiyat” shartlari bo’yicha bellashdilar.

 

3

4

5

6

7

Ishtirikchilarning chiqishlari Hakamlar Hay’ati tomonidan baholab borildi hamda yakunda roman-german tillari fakulteti talabasi Rahmatullayeva Guljahon 1-o’rinni, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Hasanova Dilafruz 2-o’rinni, ingliz tili fakulteti talabasi Abdurasulova Gulmira 3-o’rinni egallashdi.

 

8

9

Tanlov davomida 23-aprel – “Xalqaro kitob kuni” munosabati bilan ingliz tili fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyish etildi hamda o’qituvchilar A.Azizova, L.Abdullayeva, kafedra mudiri D.Amriddinovalar kitob o’qishning ahamiyati to’g’risida ozlarining  fikrlarini bildirib o’tishdi.

 

11

Tanlov so’ngida g’oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.