Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tarixiy qadamjolarga sayohat

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xitoy tili yo'nalishi 2-bosqich talabalari ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi M. Xandamova boshchiligida 25-aprel sanasida Samarqand shahridagi tarixiy joylarga ekskursiya uyushtirishdi. Ekskursiya davomida talabalar Ruhobod maqbarasi, Jadidlar uy muzeyi, Amir Temur maqbarasi va boshqa tarixiy joylar bilan tanishib, ular haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi. 

1

2

3

4

Ushbu amaliy dars jarayonida o'qituvchi tomonidan talabalarga Ruhobod maqbarasining qurilish arxitekturasi va o'sha davrning qurilish uslubi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, Samarqand jadidchilik harakatlarining yirik vakili Xoji Muin uy muzeyi va jadidlar faoliyati to'g'risida ham gapirib berildi. Amir Temur maqbarasining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi jahon miqyosida tutgan o'rni, maqbaraning qurilish uslubi, sho'rolar davridagi holati to'g'risida bahs munozara olib borildi.

5

6

7

8