Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Futbol musobaqasi o’tkazildi

Talabalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakillantirish hamda sportni targ’ib etish maqsadida 2017-yil 24-25-aprel kunlari tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekanati tomonidan yo`nalishlararo “Fakultet futbol chempionati” o`tkazildi. Ushbu futbol chempionati ikki kun davom etib, unda 10 ta jamoa qatnashdi. 

1

2

Natijalarga ko`ra fakultetning koreys tili yo`nalishining ikkinchi tarkib futbol jamoasi 1-o`rinni, koreys tili yo`nalishining birinchi tarkib futbol jamoasi  2-o`rinni, arab tili yo`nalishining birinchi tarkib futbol hamda yapon tili yo`nalishi futbol jamoalari uchunchi o`rinni qo`lga kiritishdi. 

5

6

G`olib jamoalar dekanat tomonidan diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Musobaqada ishtirokchilar “Eng yaxshi dorvozabon”, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi himoyachi” va “Eng ko`p to`purar” nominatsiyalari bo`yicha ham taqdirlanishdi. 

7

8