Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi

Joriy yilning 28 aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instiutida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturiga bag’ishlangan Kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. 

1

Tadbirda institut rektori, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar, katta ilmiy xodimlar, magistrantlar, talabalar va Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

2

Kengaytirilgan yig’ilishning maqsadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son Qarorining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Yig’ilishni institut rektori I.Tuxtasinov ochdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 apreldagi №244-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosi xususida to’xtaldi. 

3

4

2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturini joriy etish bo’yicha ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Kadrlar tayyorlashning maqsadli ko’rsatkichlari, hududiy dasturlarni inobatga olib, ta’lim yo’nalishlari tarkibini optimallashtirish
  2. Bakalavriat va magistraturaning o’quv jarayoni, o’quv reja va dasturlarini takomillashtirish
  3. Zamonaviy o’quv, o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar (jumladan, xorijiy adabiyot asosida) bilan ta’minlash
  4. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, stajirovkasini, shuningdek chet el muassasalarida o’tkazish jarayonlarini takomillashtirish
  5. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, samaradorligi va natijadorligini oshirish
  6. Oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini takomillashtirish va tarbiyaviy tadbirlar natijadorligini oshirish
  7. Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
  8. Zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriya bazalarini yaratish va modernizasiyalash
  9. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash

Dasturga muvofiq, 2017-2021 yillarda 48 taoliy ta’lim muassasasida jami 180 tao’quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 taoliy ta’lim muassasasida 400 ta o’quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o’zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. 

5

Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan moliyaviy mablag’lar 1,7 trillion so’mdan ziyod bo’lib, ulardan 1,2 trillion so’mi o’quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard so’mdan ortiq mablag’ esa o’quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo’ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko’rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi. 

6

Oliy ta’lim tizimida yangi ta’lim ixtisoslik yo’nalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy ko’rsatkichlarini 2021 yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadi.

7 

Umuman olganda, mazkur Qaror oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

8