Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar va chet tillarni o‘qitish didaktikasi Respublika ilmiy-amaliy anjumani

      Samarqand davlat chet tillar institutida  2017 yil 28 aprel kuni Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar va chet tillarni o‘qitish didaktikasi mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

IMG_5296

IMG_5322

IMG_5335 

Anjumanni SamDCHTI rektori dots I.M.Tuxtasinov kirish so`zi bilan ochib berdi.

IMG_5291

Mazkur anjumanda taniqli olimlar pragmalingvistika, lingvokulturologiya va kognitiv lingvistika, madaniyatlararo muloqot, qiyosiy-tipologik tadqiqotlar, sotsiolingvistika, tarjimashunoslik, lingvodidaktika va chet tili nutqiga o‘rgatish metodikasi masalalari bo‘yicha jamlangan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, chet tili ta’limi sohasiga oid chop etilayotgan yangi o‘quv va metodik adabiyotlar mavzularini muvofiqlashtirish, ularni chet tillar o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar bilan boyitish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi. Anjumanda Toshkent, Andijon, Namangan, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Samarqand shaxarlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan 200 ga yaqin professor-o`qituvchilar o`z tezislari bilan qatnashdilar va tilshunoslikning dolzarb muammolari bo‘yicha qator masalalar yuzasidan ta`lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professorlar  ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

IMG_5337 

IMG_5305 

IMG_5342