Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Nigohlarda ko’rkam xonatlas” ko’rik-tanlovi o’tkazildi

2017 yilning 29 aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Nigohlarda ko’rkam xonatlas” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovni o’tkazishdan maqsad yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, milliy an’analariga sodiq va ularni qadrlaydigan har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarni “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh etish, ularning ongiga “kim edigu, kim bo’lishimiz kerak”ligi haqidagi g’oyalarni singdirish, yuqori darajada kiyinish madaniyati aslida qanday bo’lmog’i lozimligini ko’rsatish va shu jarayonda faol qatnashgan ayol-professor-o’qituvchilar hamda talabalarni rag’batlantirishdir.

Tanlovni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib berdi va tanlovning mazmun-mohiyati va uni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad haqida ma’lumot berib, barcha jamoalarga hamda tadbir tashkilotchilariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

1

Shundan so’ng, har bir fakultetdan latofat-u odobga oshno talaba-qizlari uch guruxga bo’lingan holda 4 ta shart bo’yicha bellashadilar. 

2

3

4

5

1-shartda jamoalar o’zlari faoliyat yuritayotgan va tahsil olayotgan fakultetlar, u yerdagi shart-sharoitlar, kiyinish madaniyati haqida badiiy chiqishlar qilishgan bo’lsa, 2-shartda yoshlar o’rtasida kuzatilayotgan kiyinish, yurish-turish, o’zini tutishga xos salbiy jihatlarni qiziqarli sahna ko’rinishlari orqali namoyish etishdi, 3-shartda jamoalar o’zlarining pazandalik mahoratlarini namoyon etishdi, yakuniy 4-shartda jamoalar erkin mavzuda tayyorlagan badiiy chiqishlari, jumladan, ashula, she’r aytish, rasm chizish kabilar orqali o’zlarining iqtidorlarini namoyon qilishdilar.

6

7

8

Jamoalarning chiqishlari Hakamlar Hay’ati tomonidan baholab borildi va yakunda ingliz tili fakulteti jamoasi 1-o’rinni, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-o’rinni egallashdi. Shuningdek, tanlovda “Eng yaxshi dekorasiya”, “Eng yaxshi aktyorlik mahorati”, “Eng yaxshi milliy kiyim” nominasiyalari bo’yicha ham g’oliblar aniqlandi.

9

10