Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Favvoralar sayli bo’lib o’tdi

2017-yil 1-may kuni Samarqand shahrida “Toza suv – musaffo havo, sog’lom hayot” shiori ostida “Favvoralar sayli” bo’lib o’tdi.

1

2

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 apreldagi “Toshkent va Samarqand shaharlarida 2017 yil 1 may kuni “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini yuqori saviyada o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 72-sonli bayoni hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 apreldagi 87-03-1018-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi hamda “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi bilan hamkorlimkda Samarqand temiryo’l vokzali maydonidagi favvoralar majmuasi oldida tayyorlangan bayramda Samarqand davlat chet tillar instituti ham o’zining “Samarqand – favvoralari” deb nomlangan badiiy konsert dasturi bilan munosib ishtirok etdi. Bayram tadbirlari 2 qismda tashkil etilib, Dasturning birinchi qismi 10:00dan 14:00ga qadar davom etgan bo’lsa, asosiy bayram tadbirlari soat 17:00 dan 22:00 ga qadar davom ettirildi. 

 3

4

5

6

Bayram tadbirlariga Samarqand viloyat hokimi o’rinbosari A.Umarov, xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.G’afforova, viloyat kasaba uyushmalari qo’mitasi raisi M.Boboyorov, Samarqand shahar hokimi V.Raximov, shahar hokimi o’rinbosari B.Rahmatullayev, viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi Orif Xoji, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi H.Normurodov hamda shahar aholisi tashrif buyurishib, mehmonlar talabalar ijrosidagi sehrli ohanglar, kuy-qo’shiqlar va raqslar jilosidan qalblarda jo’shqin hislarni uyg’otuvchi musiqalarga hamohang harakatlanib, kamalak rangida ajib manzara kasb etib turgan favvoralardan bahramand bo’lishdi.

7

8

9

10