Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Professor-o`qituvchilarning navbatdagi ilmiy kengashi bo`lib o`tdi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017-yil 2-may kuni professor-o`qituvchilari ishtirokida bo`lib o`tgan navbatdagi ilmiy kengashda institut rektori I.M.Tuxtasinov so`zga chiqib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909 sonli qarori bilan taqdimot shaklida batafsil tanishtirdi.

IMG_8040

IMG_8042

 Kengash kun tartibidagi masalalar bo`yicha ilmiy ishlar bo`yicha prorektor Sh.S.Ashurov, o`quv ishlari bo`yicha prorektor F.Sh.Ro`ziqulov, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor H.D.Norqulov, AL va KHKlari bilan ishlash bo`yicha prorektor B.Y.Primov va o`quv-uslubiy ishlar bo`limi boshlig`i M.B.Xoliqovlar o`z yo`nalishlari bo`yicha ma`lumot berib, kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusidagi rejalar bo`yicha chiqish qildilar. 

IMG_8052

IMG_8061

IMG_8065

Kengashda Nasrullayeva Nafisa Zafarovnaga IV Respublika “Ilm yulduzlari” intellektual ko`rik-tanlovida faol qatnashib, 1-o`rinni olganligi munosabati bilan viloyat Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston xotin-qizlari “Olima” uyushmasi Samarqand viloyat bo`limi tomonidan taqdirlangan “SERTIFIKAT” topshirildi.

 IMG_8067

IMG_8069

IMG_8071

IMG_8075

IMG_8083