Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Munozara” to’garagi ingliz tilida

2017 yil 3 mayda Samarqand davlat chet tillar institutida “Kamolot” YoIH Samarqand viloyat Kengashi vakillari va Latviya davlatidan bir guruh xorijlik mehmonlar tashrif buyurishdi.

1 

Dastlab mehmonlar Harakatning hududiy Kengashlari qoshida shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida  yo’lga qo’yilgan “Speaking club” va “Munozara” to’garaklari bilan tanishishdi.

2.2.

3

Institutga tashrifi davomida ingliz tili fakultetidan saralab olingan faol talabalar ishtirokidagi “Munozara” turnirining ingliz tilidagi ko’rinishi mehmonlarga havola etildi. Bahs munozarada “AGREE” va “DISAGREE” yani “Tasdiq” va “Inkor” jamoalari “Online bozor oddiy bozordan afzal” mavzusida o’zaro bahslashishdi. Natijalarga ko’ra “AGREE” yani Otabek Umirov, To’rayeva Zuxra, Raimqulov Murodjonlar jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritishdi. 

4

7

8

Xorijlik mehmonlarga ushbu munozarada Samarqand yoshlarining ingliz tilida ravon, erkin,  fikr bildira olishlari ko’tarinki ruh bag’ishladi. Ular O’zbekistonda yoshlarga, ularning til o’rganishiga berilayotgan e’tibor naqadar samarali ekanligini guvohi bo’lishdi. Albatta, bunday munozarali debat o’yinlarini tashkil etilishi yoshlarning nutqi ravon notiq bo’lib yetishishlarida ko’maklashadi.

 

9