Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Davomat” tadbiri o’tkazildi

2017 yil 4 may kuni Samarqand viloyat IIB bilan hamkorlikda institut talabalari o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning dars mashg’ulotlariga qatnashishlarini o’rganish bo’yicha “Davomat” tadbirio’tkazildi.

Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov so’zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan haftaning har payshanba kuni huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon qilingani, bugungi kunda yurtimizda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo’yicha keng miqyosda ishlar olib borilayotgani, bu jarayonga yurtimizdagi barcha huquq tartibot organlari hamda tashkilotlar jalb etilgani, bugungi tadbir ham ana shu tadbirlarning mantiqiy davomi bo’lib, unda Samarqand viloyat IIB qo’riqlash boshqarmasi alohida milisiya bataloni komandiri, podpolkovnik A.Tursunov ishtirok etayotganligini aytib o’tdi hamda bu borada fikr bildirish uchun podpolkovnik A.Tursunovga so’z navbatini berdi.

1

2

A.Tursunov so’zga chiqib, hududlarda yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar, jinoyatchiliklar yoki boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir bo’lishining oldini olish maqsadida ko’plab tadbirlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa yoshlar orasida jinoyatchiliklarning sodir etilishiga ularning maktab, kollej, lisey va oliy o’quv yurtlariga sababsiz bormasdan qolayotgani, ta’lim muassasalarida o’quvchi va talabalarning davomati tushib ketgani, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, har bir oila, har bir inson, mahalla xavfsizligini ta’minlashdek murakkab, ayni vaqtda sharafli vazifani bajarish uchun bor bilim va salohiyati, kuch-g’ayratini safarbar etishi lozimligini, talaba-yoshlarga yurtimizda jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, internet tarmog’idan to’g’ri foydalanish talabalarning orasida jinoyat sodir etilishini oldini olishning eng samarali yo’llaridan biri ekanligi to’g’risida ma’ruza qildi. Institutda yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishlarini, ilgari bunday sharoitlar umuman bo’lmaganligini ta’kidlab, talabalarni faqat va faqat bilim olishga da’vat qildi.

3

4

5

Tadbirda dosentlar M.Bozorov, M.Hamdamova, D.Amriddinova, o’qituvchilar Sh.Bazarova, H.Tugalov, Sh.Norqulova, B.Sattarov, O.Nabiyev hamda 250 nafar institut talabalari ishtirok etishdi.

6

Tadbir davomida mavzu yuzasidan talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar